<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Ogʻir kunda, doim yonimda
 Kunu-tunda, doim yonimda.
 Shubha boʻlmas hech imonimda
 Xudo Sevgi, Xudo mehribon.

[V2]
 Sevgisidan doim qonaman
 Visolini oʻylab yonaman.
 Sodiqdir U, men ishonaman!!!
 Xudo Sevgi, Xudo mehribon.

[V3]
 Ojizligim bilar U meni
 Doim baxtim tilar U meni
 Har kun boshim silar U meni
 Xudo Sevgi, Xudo mehribon.

[V4]
 Oʻrgatadi solih boʻlishni
 Oʻrgatadi sodiq boʻlishni.
 Sabr bilan oʻrgatar ishni
 Xudo sevgi, Xudo mehribon.

[V5]
 Yiqilsam gar turgʻizib qoʻyar
 Oʻz yoʻlimga yurgizib qoʻyar.
 Otalarcha mehrila suyar
 Xudo sevgi, Xudo mehribon.

[V6]
 Adashganni izlagan Ota
 Rad etganni &quot;siz&quot;lagan Ota.
 Qoʻlin choʻzib boʻzlagan Ota
 Xudo sevgi, Xudo mehribon.

[V7]
 Sizni sevib, berdi Oʻgʻlini
 Sevdi sodda dilni, toʻgʻrini
 Sevdi hatto qotil, oʻgʻrini
 Xudo sevgi, Xudo mehribon.

[V8]
 Adashtirmang hayot bulogʻin
 Tatib koʻring ishqning qaynogʻin.
 Sizga qurdi jannatning bogʻin
 Xudo sevgi, Xudo mehribon.

[V9]
 Najotkorni yubordi Oʻzi
 Bunga guvoh Kalomi - Soʻzi.
 Mushtoq kutar bizlarda koʻzi
 Xudo Sevgi, Xudo mehribon.

[V10]
 Hamdlar ayting qoshida har kun
 Unga qayting, shod boʻlib gulgun.
 Ishonganda IMONdir butun:
 &quot;Xudo Sevgi, Xudo mehribon&quot;.</lyrics>
<title>Xudo mehribon (anʼanaviy)</title>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>